Yoshlar g‘oyasini imkoniyatga aylantiramiz
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi yosh tadbirkorlarga biznesini boshlash va kengaytirish uchun moliyaviy ko‘mak, maslahat va zarur imkoniyatlarni yaratib beradi.
Davlat qaroridan — yirik ekotizimgacha
Jamg‘arma davlat qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugun yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy va institutsional ekotizimga aylanib bormoqda.
100 mln $
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli hajmi
18–30
yosh oralig‘idagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dasturlarimiz bilan qamrab olinadi
8
Qo‘llab-quvvatlash instrumentlari
Bizning missiyamiz
Yoshlarni keng tadbirkorlikka jalb etish, ularning startap va biznes loyihalari, g‘oya hamda tashabbuslarini amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratamiz.
- Kreditlar, foizsiz qarzlar va venchur investitsiyalar orqali har bir loyiha bosqichiga mos moliyaviy yordam ko‘rsatamiz.
- Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot va xizmatlar yaratishga ko‘maklashamiz.
Bizning maqsadimiz
Yoshlarga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtiramiz — kamida 50 000 nafar yoshning bandligini asosiy natija ko‘rsatkichi sifatida belgilagan holda.
- An’anaviy biznesdan startapgacha — har bir loyiha turiga mos qo‘llab-quvvatlash yo‘lini taklif qilamiz.
- Loyihalarni saralash va monitoring qilishda shaffoflik va jamoatchilik nazoratini ta’minlaymiz — barcha ma’lumotlar rasmiy veb-saytda e’lon qilib boriladi.
Jamg‘arma kengashi
Loyihalarni tahlil qiluvchi va moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiluvchi respublikamizning eng yetakchi va tajribali tadbirkorlaridan iborat maxsus Kengash


Jamg‘arma tuzilmasi
Jamg‘arma kengashi, ijrochi direktor va tegishli bo‘limlar orqali tashkil etilgan boshqaruv tizimi.
- Moliya va iqtisod bo‘limi2 nafar
- Monitoring va risklarni boshqarish bo‘limi3 nafar
- Biznes va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi3 nafar
- Axborot tahlil va ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis1 nafar
- Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis1 nafar
- Bosh yuriskonsult1 nafar
Boshqaruv xodimlari soni — 12 nafar.
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
Rahbariyat bilan tanishing
Jamg‘armaning strategik rivojlanishi va yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini boshqaruvchi mutaxassislar jamoasi.
Bizning loyihalar
Jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar va yoshlar uchun ochilgan imkoniyatlar bilan tanishing.